Tantana Tourism - O‘zbekistonda sayohatlarni tashkil etish bo‘yicha ishonchli hamkoringiz
Tantana Tourism – bu mehmondo‘stlik sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar jamoasi. Biz O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab individual va guruh sayohatlarini tashkil etishga ixtisoslashganmiz. Kompaniyamiz sayyohlar uchun eksklyuziv marshrutlar, yuqori darajadagi xizmat va shaxsiy yondashuvni taklif qiladi.
Bizning maqsadimiz – har bir sayohatni unutilmas qilish. Mehmonlarni O‘zbekistonning boy madaniyati, qadimiy tarixi va gastronomik an’analari bilan chuqur tanishtiramiz. Tantana Tourism siz uchun mualliflik dasturlarini ishlab chiqadi: madaniy ekskursiyalar, oshpazlik turlari, faol dam olish va tematik safarlar – barchasi sizning shaxsiy istaklaringiz asosida moslashtiriladi.
Bizning missiyamiz va qadriyatlarimiz: barqaror turizm, sifatli xizmat va individual yondashuv
Bizningcha, turizm faqat qiziqarli bo‘lishi emas, balki mas’uliyatli bo‘lishi ham zarur. Bizning missiyamiz – O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda barqaror turizmni rivojlantirish. Bu turizm mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlaydi, madaniy merosni asraydi va mintaqaviy iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.
Tantana Tourism safarlarni nafaqat sayohatchilar uchun, balki mahalliy aholi uchun ham foydali bo‘lishini maqsad qiladi. Biz oilaviy mehmonxonalarni tanlaymiz, mahalliy hunarmandlar va gastronomik xo‘jaliklar bilan hamkorlik qilamiz. Shu yo‘l bilan mehmonlarga chinakam milliy tajriba, mahalliy aholiga esa barqaror daromad manbaini yaratamiz.
Mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar: shaxsiy turlar, yuqori servis darajasi va barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash
Мы создаем tailor-made путешествия, учитывая все пожелания наших клиентов. Наши специалисты разрабатывают маршруты под любые запросы: от классических туров по Самарканду, Бухаре и Хиве до уникальных приключений по Ферганской долине, пустыням Кызылкум и горным регионам. Мы предлагаем консьерж-сервис, профессиональных гидов, комфортные трансферы и бронирование лучших отелей. Поддержка клиентов доступна на всех этапах путешествия – от планирования до завершения поездки.
Biz har bir mijozning xohish-istaklarini hisobga olgan holda individual (tailor-made) sayohatlar yaratamiz. Mutaxassislarimiz Samarqand, Buxoro va Xivaning klassik yo‘nalishlaridan tortib, Farg‘ona vodiysi, Qizilqum cho‘li va tog‘li hududlar bo‘ylab noyob sayohatlarga qadar marshrutlar ishlab chiqishadi.
Biz quyidagilarni taklif qilamiz va ularni har bir qadamda qo’llab-quvvatlaymiz:
- shaxsiy konsyerj-servis
- professional gidlar
- qulay transferlar
- eng yaxshi mehmonxonalarni bron qilish
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sayohatning barcha bosqichlarida taqdim etiladi.
Tantana Tourism afzalliklari: professionallik, mahalliy ekspertiza va noyob marshrutlar
Bizning asosiy afzalliklarimiz – bu tajriba va mintaqani chuqur bilish. Biz quyidagilarni taklif qilamiz:
- Noyob turlar ishlab chiqish: gastronomik marshrutlar, trekkin turizmi, velosiped sayohatlari, qadimiy shaharlarga ekskursiyalar, hamda islomiy va nasroniy meros bo‘yicha mualliflik dasturlari.
- Sinovdan o‘tgan hamkorlar bilan ishlash, bu esa yuqori darajadagi xizmat, qulay joylashuv va xavfsiz transferlarni kafolatlaydi.
- Sayohatlarni tashkil etishda moslashuvchanlik – dasturlarni har bir mijozning istaklariga moslashtirish imkoniyati.
- Sayohatga kompleks yondashuv: viza yordami, mehmonxona band qilish, transport xizmatlari va ekskursiya dasturlarini o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy mas’uliyat: barqaror turizm va mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shish
Biz barqaror turizm konsepsiyasini faol ilgari suramiz, oilaviy mehmonxonalar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu bilan birga, sayyohlarga mintaqaning asl madaniyati bilan tanishish imkonini beruvchi marshrutlar yaratamiz. Biz mashhur sayyohlik manzillariga ommaviy tashriflar bosimiga qarshimiz va sayyohlik oqimini muvozanatli taqsimlaydigan, yangi va noyob joylarni kashf etishga imkon beradigan muqobil yo‘nalishlarni taklif qilamiz
Litsenziya va sertifikatlar: xizmatlarimiz sifatining tasdiqlanganligi va ishonchlilik kafolati
Tantana Tourism – xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga mos keluvchi litsenziyaga ega sayyohlik operatoridir. Biz rasmiy hamkorlar, sertifikatlangan gidlar va akkreditatsiyadan o‘tgan mehmonxonalar bilan hamkorlik qilamiz. Bizning mijozlarimiz har bir sayohat tafsiloti professional mutaxassislar tomonidan puxta rejalashtirilgan va tashkil etilganligi sababli, xizmatlarimizning sifatiga to‘liq ishonch bildirishadi
Xizmatlarimiz
Personal mahsulot yaratish
Sizning istaklaringizga moslashtirilgan individual sayohatlar
Mehmonxonalarni band qilish
Eng sara mehmonxonalarda joylashtirish
Viza rasmiylashtirish bo’yicha yordami
Viza va hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish
Konsyerj-servis
Ekskluziv xizmatlarni tashkil etish
Guruhli ekskursiyalar
Professional gidlar bilan qiziqarli marshrutlar
Gid xizmatlari
Marshrutingiz bo‘yicha professional ekskursovodlar
Mijozlarning fikrlari




